Universitet haqida
Altay davlat universiteti — Rossiyaning yetakchi universitetlaridan biri bo'lib, asosan Markaziy Osiyo davlatlari bilan xalqaro hamkorlikka yo'naltirilgan. Universitet QS global reytingining top-1000 taligiga kiradi, ShHT tarmoq universiteti va Osiyo universitetlari assotsiatsiyasining ishtirokchisi hisoblanadi. Universitetda allaqachon ikki mingdan ortiq xorijiy talabalar tahsil oladi, xorijiy universitetlar bilan 23 ta tarmoq xalqaro ta'lim dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Altay davlat universitetida o'quvdan tashqari faoliyat yo'nalishi juda rivojlangan. Talabalar sport bilan shug'ullanadilar, teatr, raqs, vokal va media bo'limlariga qatnashadilar, muloqot qiladilar va tajriba almashadilar.